Jamiyat | 10:44 / 08.12.2016
18870
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston hukumati vazni 500 kilogramm bo‘lgan misrlik ayolga yordam beradi

Hindiston ichki ishlar vaziri Sushma Svaraj 500 kilogrammli misrlik ayol Eman Ahmad Ab Al Atiga viza olishda yordam berdi. U hindistonlik shifokorlar yordamidan umidvor, deb xabar berdi International Business Times nashri.

Foto: @SushmaSwaraj

Bariatrik jarrohlik bo‘yicha mutaxassis Muffazal Lakdavalaning aytishicha, u bilan Eman Ahmadning singlisi bog‘langan. «U tanishlaridan men semizlikdan aziyat chekuvchi kishilarni jarrohlik yo‘li bilan davolashim haqida eshitgan, - aniqlik kiritdi u, - Ular kambag‘al oila va Qohiradan Mumbaiga bo‘lgan reys ularga juda qimmatlik qiladi. Shuning uchun men ularning vizasi masalasida yordam berishni so‘rab murojaat qildim. Mablag‘ yig‘ishni esa o‘z zimmamga oldim».

Tibbiy vizani olish uchun elchixona 20 yildan beri karavotdan turmagan ayolning shaxsan o‘zi kelishini talab qildi. Bu masalani hal qilish uchun esa shifokor Twitter orqali Hindiston ichki ishlar vaziri Sushma Svarajga murojaat qilgan. «Biz unga yordam beramiz», - deya aytib o‘tdi amaldor.

Keyinroq 500 kilogrammli misrlikka viza berilgani hamda u Mumbaiga jarrohlik amaliyotidan o‘tish uchun kelayotgani ma'lum bo‘ldi.

Times of India ma'lumotiga ko‘ra, Misrning 36 yoshli fuqarosi organizmida bezlar faoliyatining noto‘g‘ri ishlashi oqibatida juda ko‘p miqdorda suyuqlik yig‘ilib qoladi. Eman Ahmad 11 yoshga to‘lganida 500 kilogramm vaznga ega bo‘lgan. U mustaqil ravishda harakat qila olmaydi va o‘shandan beri Iskandariya shahridagi uyidan hech qayerga chiqmagan.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid