Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mourino UYeFAdan norozi
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa ligasining 6-turida Luganskning «Zarya» klubiga qarshi uchrashuv oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.
U Odessa shahridagi maydon gazoni holatidan noroziligini bildirgan. «Zarya»ga qarshi o‘yin shu stadionda o‘tkaziladi.
«Bu stadion maydoni muzlagan va juda sirpanchiq holatga kelgan. Menimcha, UYeFA yilning bu davrida Ukraina va Sharqiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida maydon holati qay darajada bo‘lishini yaxshi biladi. Agar jamoalar manfaatini hisobga olganida, dekabr oyi o‘rtasida bu yerda o‘yin o‘tkazmagan bo‘lardi.
Bu jiddiy muammo. Ular (maydon egalari) gazon holatini yaxshilash uchun harakat qilishdi, ammo ular mo‘'jiza sodir eta olishmaydiku. Barchasi yaxshi tugashiga umid qilamiz», - deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan Sky Sports.
«Zarya» - «Manchester Yunayted» bahsi Toshkent vaqti bilan 8 dekabr, soat 23:00da boshlanadi.
Mavzuga oid
07:59 / 08.05.2026
Angliyaning uchta klubi yevrokuboklar finaliga chiqdi
23:19 / 11.02.2026
«Real» UYeFA bilan Superliga bo‘yicha «futbol manfaati uchun» kelishuvga erishdi
23:45 / 06.10.2025
«Barselona» va «Milan»ga chempionat o‘yinlarini xorijda o‘tkazishga ruxsat berildi
23:32 / 25.09.2025