Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donald Tramp prezidentlik poygasi uchun qancha sarflagani ma'lum bo‘ldi
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi uchun 66 mln dollar miqdorida o‘zining shaxsiy mablag‘idan sarflagan. Bu ma'lumotlarni Reuters agentligi AQSh Federal saylov komissiyasiga asosan tarqatmoqda.
Umuman, Donald Tramp saylovoldi tashviqot ishlariga 322 million dollar mablag‘ sarflagan, uning asosiy raqibi Hillari Klinton esa, undan 1,5 marta ko‘proq pul – 565 mln dollarning bahridan o‘tgan.
Agentlik xabarida aytilishicha, praymeriz chog‘ida milliarder jamoat fikrini o‘rganish masalalarini keraksiz deb topgan edi. MediaQuant kompaniyasining aniqlashicha, 2016 yil boshida Tramp Respublikachilar partiyasidagi 16 nafar raqibini internetdagi bepul resurslardan faol foydalanib, saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish bilan ortda qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidentligi uchun saylovlar 8 noyabrda bo‘lib o‘tgan, unda milliarder Donald Tramp g‘alaba qozongan edi. Yangi davlat rahbari 2017 yil 20 yanvaridan o‘z vazifasiga kirishadi.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026