Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston parlamenti terrorchilik uchun javobgarlikni kuchaytirdi
Foto: RIA "Novosti"
Qozog‘iston parlamenti senati (yuqori palata) deputatlari juma kuni “Qozog‘iston Respublikasining ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurashish bo‘yicha bir qator qonunchilik aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikki o‘qishda tasdiqlashdi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Avvalroq, milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Marat Kolkobayev hujjat “ekstremizm, terrorchilik va qurol-yarog‘ hamda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi yanada uyg‘unlashgan holda kurash olib borish va bu uchun jinoiy hamda ma'muriy javogarlikni kuchaytirish”ga qaratilgani haqida ma'lum qilgandi.
Qonun loyihasida ekstremizm va terrorchilik sohasida qonun buzilishlarini amalga oshirganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, qurol-yarog‘ aylanmasi va uni saqlash ustidan ham nazorat oshiriladi. Bundan tashqari, hujjat tezkor-qidiruv faoliyatini olib borayotgan organga aloqa tarmoqlarini taqdim etish, tarmoqlar va aloqa vositalari ishini ular og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatda to‘xtatib qo‘yish imkonini taqdim etadi.
Qonun loyihasi davlat rahbari tomonidan imzolanishga jo‘natildi.
Mavzuga oid
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026
Ariq va irrigatsiya tizimlarini ko‘mib tashlaganlar jarimaga tortiladi
23:08 / 04.04.2026
Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish bo‘yicha alohida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda
17:00 / 31.03.2026