Jahon | 23:02 / 09.12.2016
25029
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya prezidentining korteji YTHga uchradi

Istanbul shahrida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning korteji YTHga uchradi. Bu haqida Hurriyet nashri xabar berdi

Ma'lum bo‘lishicha, turk prezidentining korteji Marmara universitetiga ibodat uchun ketayotgan vaqtida YTHga uchragan. 

Manbaga ko‘ra, buning natijasida to‘rt nafar kishi jarohat olgan. Dastlabki ma'lumotlarda ularning politsiya xodimlari ekanligi ta'kidlanmoqda. 

Mahalliy politsiya falokat sabablarini o‘rganmoqda. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid