Jamiyat | 11:05 / 10.12.2016
4824
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Kongress hukumat ishini 2017 yil apreliga qadar uzaytirdi

Foto: © AP

AQSh Kongressi hukumat ishini 2017 yil 28 aprelga qadar moliyalashtirishni nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi. Senatdagi ovoz berish natijasi shunga dalolat qiladi, deb xabar qilmoqda RIA “Novosti” agentligi. 

Ovoz berish jarayoni yakunlanmagan bo‘lsa-da, qonun loyihasi qabul qilinishi uchun zarur bo‘lgan 60 nafar senatorning ma'qullanishiga erishilgan. Vakillar palatasi 8 dekabrda hujjatni qabul qilgan edi. 

Qonunni 9 dekabr yarim tungacha qabul qilishlari zarur edi. Endilikda, u tasdiqlash uchun prezident Barak Obamaga taqdim etiladi. 

Qonunning qabul qilinishi AQSh federal hukumati faoliyatining vaqtincha to‘xtashi - "shatdaun"ning oldini oladi. Uni moliyalashtirish 10 dekabr yarim tunda to‘xtatilishi kerak edi. 

Davlatning yangi byudjyetini esa prezident Donald Tramp ma'muriyati tuzadi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid