Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyada 51 harflik yil so‘zi aniqlandi
Grats universitetidagi nemis tilining avstriyacha variantini tadqiq qilish bo‘yicha institut yil so‘zi deb – Bundespräsidentenstichwahlwiederholungsverschiebung neologizmini tan oldi. U “federal prezident saylovlarining ikkinchi turidagi takroriy ovoz berishni ko‘chirish” deb tarjima qilinadi. Bu haqda Kurier gazetasi xabar bermoqda.
Neologizm 51 harfdan iborat bo‘lib, uning uchun yil so‘zini tanlashda ishtirok etgan 10 ming kishining yarmidan ko‘pi ovoz bergan.
Hay'at raisi Rudolf Murning fikricha, bu so‘z “o‘z ma'nosi va uzunligi jihatidan joriy yildagi siyosiy voqealarning o‘ziga xos ramzidir”.
Yilning eng yomon so‘zi deb Öxit tushunchasi tan olindi. U xuddi Brexit kabi Avstriyaning YeI tarkibidan chiqishini anglatadi.
Ma'lumot uchun, Avstriyadagi prezidentlik saylovlari ikki turda bo‘lib o‘tdi – 24 aprel va 22 may. Birinchisida g‘olib aniqlanmay, ikkinchi turga ikki nomzod chiqdi. Takroriy saylovlar esa 2 oktabrga belgilanib, keyinchalik noma'lum muddatga qoldirilgan. 4 dekabr kuni esa qayta saylovlar tashkil etilib, unda yashillar Partiyasi vakili Van der Bellen g‘alaba qozondi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
22:50 / 01.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya va BMT rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
20:19 / 01.06.2026