Sport | 21:49 / 10.12.2016
8345
2 daqiqa o‘qiladi

Dekabr o‘rtasigacha ular yutqazishmadi! Ammo bugun seriya to‘xtadi

Foto: Reuters

Germaniya chempionatining 14-turida «Ingolshtadt» «RB Leyptsig»ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi yagona gol mezbonlar yarim himoyachisi Rodjyer hisobiga yozildi.

Shu tariqa, mavsum kashfiyoti «RB Leyptsig» chempionatdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va ikkinchi o‘ringa tushib ketdi. Debyutantlar hisobidagi ochkolar soni 33taligicha qoldi. «Ingolshtadt» esa 9 ochko bilan 17-o‘rinda joylashgan.

Bu o‘yinga parallel tarzda kechgan bahsda «Bavariya» «Volfsburg»ni yirik hisobda yengdi va 33 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. 

Keyingi turda, 18 dekabr kuni  «Ingolshtadt» «Bayyer» maydoniga safar qiladi, leyptsigliklar esa 17 dekabr kuni «Gerta»ni qabul qiladi.

Ingolshtadt - RB Leyptsig - 1:0 (1:0)
Gol: Rodjyer 12 (1:0).
Ingolshtadt: Xansen (Nyuland, 58), Matip, Yung, Xadergonay, Tisseran, Gross (Xinterzeyer, 86), Morales, Koen, Rodjyer, Leskano (Xartmann, 64), Leki
RB Leyptsig: Gulashi, Xalstenberg, Orban, Shmitts, Keyta, Demme, Ilzanker, Zabittser, Verner (Selke, 70), Poulsen (Burk, 55), Forsberg
Ogohlantirishlar: Leki, 90; Xadergonay, 90 - Zabittser, 34; Verner, 61; Selke, 90
Chetlatish: Leki, 90 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid