Germaniya Leypsigdan Kobulga charter reys bilan jinoyat sodir etgan 20 nafar Afğoniston fuqarosini deportatsiya qildi. Bu haqda 26 fevral, payşanba kuni Germaniya Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Vazirlik bildirişiça, uçinçi davlatlar kömagisiz Afğonistonga töğridan töğri deportatsiyani yölga qöyiş uçun uzoq vaqtdan beri jadal iş olib borilgan. Ilgari bunday reyslarda vositaçi sifatida Qatar qatnaşgan. Endi esa Germaniya IIV «Tolibon» harakati bilan kelişuv tuzganini dpa agentligi eslatdi.

«Biz tuzgan kelişuv Afğonistonga töğridan töğri va doimiy deportatsiyalar uçun işonçli asos yaratadi», — dedi Germaniya içki işlar vaziri Aleksander Dobrindt. «Jamiyatimiz jinoyatçilar mamlakatimizni tark etişidan manfaatdor. Şuning uçun biz izçil harakat qilyapmiz va qadamma-qadam deportatsiyalarni kengaytiramiz», — deya qöşimça qildi u. Vazirlik ma’lumotiga köra, deportatsiya qilinganlar orasida jinsiy jinoyat sodir etganlar, tan jarohati yetkazganlar hamda narkotiklar bilan boğliq jinoyatlarda aybdorlar bor.

Dpa qayd etişiça, «Tolibon» bilan tuzilgan kelişuv bahslarga sabab bölmoqda. Çunki rasman Germaniya federal hukumati 2021 yil avgustidan beri Afğonistonda qayta hokimiyatga kelgan bu harakat bilan diplomatik munosabatlarni qöllab-quvvatlamaydi. Inson huquqlari, xususan ayollar huquqlarining poymol qilinişi sabab harakat xalqaro maydonda yakkalangan holda qolmoqda.

Avvalroq, 7 fevral kuni AFP agentligi YeI rasmiylari Afğonistonga ikki marta «texnik missiya» bilan borganini, ulardan biri yanvar oyida bölib ötganini va Afğonistonga deportatsiya imkoniyatlarini örganganini xabar qilgan. Agentlikka köra, bu missiyalar davomida «qayta qabul qiliş sohasida hamkorlik» tuzilmasi va «qaytariş operatsiyalarini taşkil etiş» ehtimoli muhokama qilingan.

Yevropa Ittifoqi migratsiya siyosatini qat’iylaştirayotgan bir paytda, YeIga a’zo 27 davlat hukumatlarining köpçiligi bunday deportatsiyalarni qöllab-quvvatlamoqda.

Şu bilan birga, Human Righs Watch huquq himoya taşkiloti 2025 yilda toliblar repressiyalarni kuçaytirgani haqida ogohlantirgan. Gap OAV erkinligini çeklovçi yangi qoidalar, şuningdek ayollar va qizlar uçun qöşimça çeklovlar haqida bormoqda.

BMTning Qoçqinlar işlari böyiça oliy komissari boşqarmasi vakili Arafat Jamal köp hollarda qoçqinlar «ularni qabul qilişga tayyor bölmagan» vatanga qaytarilayotganini aytgan. Uning baholaşiça, Yevropadagi yangi kurs «aql-idrok»dan köra köproq «his-tuyğular»ga asoslanmoqda.