Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Qozog‘istonga tashrifini bekor qildi
Foto: AP
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbulda sodir etilgan terakt sabab Qozog‘istonga tashrifini bekor qildi.
Eslatib o‘tamiz, Istanbulda Toshkent vaqti bilan 00.30da Machka parki va “Vodafon Arena” stadioni oldida yuz bergan. Ma'lumotlarga ko‘ra, u xudkush va minalashtirilgan mashina yordamida amalga oshirilgan.
Shu paytga qadar olingan ma'lumotlarga ko‘ra, portlash qurbonlari soni 29 nafarga yetdi, ulardan 27 nafari politsiya xodimi. Bundan tashqari, Turkiyaning «Beshiktosh» jamoasining 2 nafar xodimi ham halok bo‘lgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyiib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Istanbuldagi teraktlardan maqsad yanada ko‘proq kishilarni o‘ldirish bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:05
Turkiyadagi maktabda otishma ro‘y berdi. Qurbonlar va yaralanganlar bor
14:29 / 14.04.2026
Turkiyadagi litseyda otishma ro‘y berdi
09:17 / 13.04.2026
Turkiyada O‘zbekiston ko‘magida qurilgan “Buxoro” masjidi ochildi
22:58 / 12.04.2026