Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruminiyada parlament saylovlari boshlandi
Bugun, 11 dekabr mahalliy vaqt bilan soat 8:00da Ruminiyada parlament saylovlari boshlandi, mamlakatda 1 254 saylov uchastkasi ochildi. Hozirga qadar, markaziy saylov byurosi (MSB) ma'lumotlariga ko‘ra, taxminan 70 ming kishi ovoz berishda ishtirok etgan.
Deputatlar palatasi va Senatdagi 466 o‘ringa 6,5 ming nomzod da'vogarlik qilmoqda. 2004 yildan keyin ilk marta ovoz berish partiya ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda, saylovchilarning qatnashishi va komissiya tomonidan ovozlarning hisoblanishiga doir monitoring qo‘llanmoqda. Xorijda yashovchi 4,5 mingga yaqin ruminiyalik pochta orqali ovoz berdi.
Saylovlardagi asosiy raqiblar: so‘l-markaz Sotsial-demkoratik partiyasi (SDP) va o‘ng-markaz Milliy-liberal partiyasi (MLP). Sotsial-demkoratlar ish haqini oshirish va soliqlarni kamaytirishga va'da berishmoqda, liberallar esa - korrupsiya bilan kurashishga.
Bugungi kunda Ruminiya hukumati tepasida partiyasiz texnokratlar faoliyat olib bormoqda. Hukumat rahbari kampaniyada rasman qatnashmadi, lekin MLP uni saylovlardan keyin o‘zining bosh vazirlikka nomzodi sifatida e'lon qildi.
Taxminlarga ko‘ra, SDP taxminan 40 foiz ovoz bilan saylovlarda g‘alaba qozonadi, MLP esa - 30 foiz atrofida.
Ruminiyadagi saylovlarda xavfsizlikni ta'minlash uchun 45 ming politsiyachi, jandarm va o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan. Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 22:00da yopiladi.