Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiya hukmron partiyasi mamlakat bosh vazirini tayinladi
Yangi Zelandiya hukmron milliy partiyasi sobiq moliya vaziri Bill Inglishni bosh vazirlikka sayladi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Ta'kidlanishicha, yangi bosh vazir saylovi partiya faollarining yig‘ilishida bo‘lib o‘tgan. Shu bilan birga, qayd etish joizki, Inglish bu lavozimga ko‘rsatilgan yagona nomzod bo‘lgan. Xabarga ko‘ra, siyosatchi bugunning o‘zida qasamyod qiladi.
Avvalroq, Yangi Zelandiya politsiya vaziri Judit Kollinz, Jon Ki lavozimidan iste'fo bergach, bosh vazirlikka nomzodini ilgari surishini bildirgan edi. Ki oilaviy sabablarga ko‘ra, vazifasini tark etishga qaror qilgandi.
Ayni chog‘da, hukumat rahbarligiga asosiy nomzod sifatida bosh vazir o‘rinbosari va moliya vaziri Bill Inglish ko‘rsatilgan, Jon Ki uni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
14:57 / 04.12.2025
Yangi zelandiyalik shaxs g‘ayrioddiy o‘g‘irlikda ayblanmoqda: u qimmatbaho taqinchoqni yutib yuborgan
18:13 / 11.10.2025
Yangi Zelandiya fuqarosi dunyodagi eng uzun ism sohibi sifatida rekord o‘rnatdi
23:46 / 22.09.2025
Yangi Zelandiya aholisi bir kechada «695 milliardga» yetdi
20:17 / 11.08.2025