Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada 2016 yil ramzi sifatida «pul»ni anglatuvchi iyeroglif tanlandi
Har yil bo‘lgani kabi bu yil ham yaponlar yakunlanayotgan yil ramzini ifodalovchi asosiy iyeroglifni tanlashdi. Yaponiyada iyeroglif bo‘yicha savodxonlikni tekshirish assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tanlov yakunlari bo‘yicha, 2016 yilning timsoli «oltin», «metal» va «pul» ma'nolarini anglatuvchi iyeroglif bo‘ldi.
Bu iyeroglif assotsiatsiya manziliga barcha istovchilar tomonidan yuborilgan otkritkalarning eng katta qismini yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.
NHK telekanalida izoh berilishicha, yaponlar ketayotgan yilda bo‘lib o‘tgan Olimpiada hamda pul va siyosat munosabatlari tufayli shu iyeroglifiga yon bosgan.
Yil ramziga aylangan iyeroglif ma'nosi u e'lon qilingunga qadar qat'iy sir tutiladi. G‘olib chiqqan iyeroglif Kiotodagi eng taniqli Kiyomidzu budda ibodatxonasi bosh ruhoniysi tomonidan maxsus «vasi» qog‘oziga tantanali ravishda chizildi.
Yaponiyada 1995 yildan buyon yil ramzi aniqlab kelinadi.
Ma'lumot uchun, Yaponiyada 2014 yilning timsoli «soliq» iyeroglifi bo‘lgan edi. 2015 yil ramzi sifatida esa «arzon» iyeroglifi tanlangandi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026