Jahon | 14:40 / 12.12.2016
4512
1 daqiqa o‘qiladi

Hyperloop Dubaydagi Expo-2020 ko‘rgazmasida xizmat ko‘rsatadi

Hyperloop - soatiga 1 100 kilometr tezlikda harakatlanadigan ultratezkor transport tizimi - Dubayda bo‘lib o‘tadigan Expo-2020 ko‘rgazmasida xizmat ko‘rsatadi. Bu haqida megaloyiha bosh muhandisi bergan ma'lumotga asoslanib, Gulf News xabar berdi

Manbaga ko‘ra, Hyperloop bir yo‘nalishda sotiga 15 000 yo‘lovchini tashiy oladi. 

"Biz odamlarning Expo-2020 ko‘zrgazmasiga Hyperloop'da tashrif buyurishini ko‘rishni istardik. Biz ushbu texnologiyani 2020 yilga qadar yetkazib borishga tayyormiz. Texnologiya tayyor, qolgan birgina ish - hamma narsani joy-joyiga qo‘yish. Hali aniq yo‘nalish belgilanmagan bo‘lsa-da, biz albatta Expo'da xizmat qilamiz", - dedi Hyperloop One ijodiy direktori Kolin Rays. 

Hyperloop One'ning to‘laqonli tizim sinovlari 2017 yilning fevralida Las-Vegasda sinovdan o‘tkaziladi.

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid