Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbuldagi teraktlardan keyin Turkiyada xavfsizlik uchrashuvi o‘tkazildi
Shanba kungi teraktlardan keyin yakshanba, 11 dekabrda Istanbulda prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an raisligi ostida yuksak darajali uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi.
Uchrashuvda bosh vazir Binali Yildirim, bosh vazir o‘rinbosarlari No‘'mon Kurtulmush, Veysi Kaynak, Tug‘rul To‘rkesh va bir qator boshqa vazirlar ishtirokida o‘tkazildi.
Mebeyn prezident qarorgohidagi uchrashuv ikki soat davom etdi.
"Kurdiston ozodligi lochinlari" (TAK - Teyrêbazên Azadiya Kurdistan) nomi bilan tanilgan terrorchi guruh Istanbulda, "Beshiktosh" futbol klubi maydoni yaqinida ro‘y bergan teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, teraktlar natijasida 39 nafar kishi halok bo‘lgan, 155 nafari turli jarohatlar olgan.
Razvedka manbalarining xabariga ko‘ra, gumondor xudkush-terrorchilardan biri Turkiyaga Suriya Demokratik Ittifoq Partiyasi nazoratidagi (PYD - Partiya Yekîtiya Demokrat) hududdan kelgan.
PYD'ning harbiy qanoti bo‘lgan Xalq Himoya Birliklari (YPG - Yekîneyên Parastina Gel) bundan avval, joriy yilning fevral oyida Turkiyaga urush e'lon qilib, videomurojaatlar orqali tahdid qilgan.
PYD va YPG Suriyada foliyat yurituvchi PKK terrorchi tashkilotining tarmoqlari hisoblanadi.
TAK'ning ma'lum qilishicha, ularning ikki nafar a'zosi hujum vaqtida halok bo‘lgan, biroq ularning xudkush-terrorchi bo‘lganligi yo bo‘lmaganligiga aniqlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026