Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev Qozog‘iston avtokratik tuzum bilan boshqarilishi haqidagi fikrlarga javob qaytardi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning bayonot berishicha, u mamlakatda avtokratik tuzum o‘rnatilgani haqidagi fikrga qo‘shilmaydi.
"Ha, bizda prezidentlik boshqaruvi. Respublikada prezidentlik boshqaruvi ekani konstitutsiyada yozib qo‘yilgan. Fransiya prezident hokimiyati birmuncha qat'iyroq ko‘rinishga ega, bizlarniki qanday bo‘lsa, shunday. Uni har xil atashadi, salkam diktatorlik, va yoki avtokratik – bularning bari bizlarning sharoitni bilmaydiganlar, turmushimizni bilmaydiganlar, umuman, hech narsa bilmaydigan, faqat gazeta o‘qiydiganlarning fikri", — degan Nazarboyev "25 KZ "Eng yangi tarix" hujjatli film ijodkorlari bilan suhbatda. Hujjatli film KTK telekanalida 11 dekabrda namoyish etilgan.
Nazarboyevning fikricha, vaqti kelib mamlakatdagi boshqaruv tizimi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
"Bizning hokimiyatimiz, bugungi kun mamlakatimiz uchun munosibdir. Boshqa sharoitlar kelganda, yangi bosqichga o‘tganda, xalq boshqa boshqaruv shaklini talab qilsa, xalq bilan birga qanday yo‘l tutish yuzasidan yangi masalalarni muhokama qilamiz", — deya qayd etgan davlat rahbari.
Nursulton Nazarboyev 1989 yildan beri respublikani boshqarib kelmoqda. 2015 yil aprel oyida o‘tkazilgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovida 97,75 foiz ovoz to‘plagan Nazarboyev yana besh yil muddatga davlat rahbarligiga saylangan.
Mavzuga oid
10:08
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
20:14 / 31.05.2026