Jahon | 22:53 / 12.12.2016
8889
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Rossiyadan viza va iqtisodiy cheklovlarni bekor qilishini so‘ramoqda

Anqara Moskvadan vizalarni va turk biznesi uchun kiritilgan sanksiyalarni bekor qilishni so‘ramoqda. Bu haqda Turkiya TIV rahbari Mavlut Chavushog‘lu aytib o‘tgan.

“Biz Rossiya tomonining vizasiz rejimga qaytishini, alohida sohalarda mavjud cheklangan harakatlarni bekor qilishini kutyapmiz”, — deb gapirib o‘tgan u.

Vazirning eslatishicha, iqtisodiy munosabatlarni me'yorlashtirish bo‘yicha Binali Yildirimning yaqindagina Rossiyaga qilgan tashrifi vaqtida muhokama qilingan.


 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid