Iqtisodiyot | 10:00 / 12.12.2016
4878
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuela o‘z qarzlaridan 17 milliard dollarini to‘ladi

Foto: RIA "Novosti"

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 11 dekabr kuni mamlakat tashqi qarzlaridan uzilayotgani va ehtimoliy defoltni rad etib, bayonot berdi.

“Masu'liyatimizda bo‘lgan barcha qarzlarni to‘ladik, masalan, 20 oy ichida 60 milliard dollar qarzimizni berdik. Shu yilning o‘zida 17 millirad dollar qiymatida pul to‘ladik”, — dedi Maduro.

Janubiy Amerikada neft eksport qiluvchi mamlakat hisoblangan Venesueladagi vaziyat tovarlar yetishmasligi, inflyatsiya va davlat daromadlarining tushib ketishi evaziga juda murakkab holatga kelib qoldi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid