Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2016 yilda Rossiyada 42 teraktning oldi olindi
Rossiya maxsus xizmatlari xodimlari 2016 yilda 42 teraktning oldini olishdi va 129 nafar jangarini yo‘q qilishdi. Bu haqida FXX rahbari Aleksandr Bortnikovning Milliy aksilterror qo‘mita va Federal operativ shtab yig‘ilishidagi nutqiga asoslanib, TASS agentligi xabar berdi.
"Bu yil Rossiyada kontrterror operatsiyalar davomida 129 nafar jangari, jumladan 22 nafar yetakchi yo‘q qilindi. Rossiyaning turli shaharlarida, shu jumladan Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg va Nijniy Novgorodda 42 teraktning oldi olindi", - dedi xavfsizlik xizmati rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2016 yilda huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan 898 nafar qaroqchi qo‘lga olingan. Shuningdek IShID tarafdori bo‘lgan «Vilayat Kavkaz» rahbari ham yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026