Sport | 23:36 / 13.12.2016
9806
1 daqiqa o‘qiladi

Adidas antiqa krossovkalar chiqardi

Adidas kompaniyasi 3D-printerda bosilgan yugurish uchun krossovkalar chiqardi. Bunga Engadget nashri e'tibor qaratdi.

Kompaniya bunday poyafzal ishlab chiqarishga birinchi bor qo‘l urdi. Krossovka cheklangan miqdorda ishlab chiqarildi. Krossovka 3D Runner deb nomlandi va 333 dollarga baholandi. Antiqa krossovkalar 15 dekabrda Nyu-York, London va Tokioda sotuvga chiqariladi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid