Light | 20:36 / 13.12.2016
25628
3 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: 2016 yil fazodan turib tushirilgan ajoyib kadrlar

2016 yil davomida fazoni o‘rganish jarayonlarida juda ko‘plab ta'sirli va go‘zal manzaraga ega fotosuratlar olinishga muvaffaq bo‘ldi. Ana shu kadrlarning eng yaxshilarini quyida tamosha qilish mumkin:

1. 22 yanvar. ESA astronavti Tim Pik va NASA astronavti Skott Kelli xalqaro kosmik stansiya bortidan turib Avrora shimoliy yog‘dusini tasvirga olishga muvaffaq bo‘lishdi.

2. 29 yanvar. Astronavt Tim Pik “Go‘zal tun: Italiya, Alplar va O‘rta yer dengizi ustida o‘ta turib”, deb nomlangan suratni e'lon qildi.

3. 6 fevral. Moskvaning fazodan ko‘rinishi. Foto: Sergey Volkov, “Roskosmos”.

4. 11 fevral. Gizadagi Misr piramidalari. Foto: Sergey Volkov, “Roskosmos”.

5. 7 aprel. Italiyaning fazodan olingan yana bir surati. Astronavt Tim Pik xalqaro kosmik stansiya bortidan suratga tushirgan.

6. 10 iyun. Tim Pik o‘zining navbatdagi suratini “Ufqdan turib Somon yo‘lini kuzatish”, deb nomladi.

7. 18 iyul. “Jarayon MS-03” yuk kemasi xalqaro kosmik stansiyaga muvaffaqiyatli kelib qo‘shildi.  Foto: Oleg Skripochka, “Roskosmos”. 

8. 26 avgust kuni Amerikaning Dragon yuk kemasi xalqaro kosmik stansiyadan ajralib chiqdi. Foto: Oleg Skripochka, “Roskosmos”.

9.  28 avgust. Juno kosmik qurilmasi Yupiterga yaqinlashmoqda. Ulkan sayyoraning shimoliy qutbidan ilk surat. 


10. 1 sentabr kuni Falcon 9 raketasi yer orbitasiga Facebook ijtimoiy tarmog‘ining ilk sun'iy yo‘ldoshi, Isroil aloqa sun'iy yo‘ldoshi va umumiy qiymati 200 million dollar turadigan boshqa yuklarni olib chiqishi kerak edi. Ammo yoqilg‘i oqishi oqibatida u portlab ketdi.


11. 1 sentabr. Jyeffri Uilyams va Ketlin Rubens xalqaro kosmik stansiyada ochiq fazoga chiqishdi. Foto: Oleg Skripochka, “Roskosmos”.


12. 25 sentabr kuni Xitoyning janubi-g‘arbida sayyoradagi eng katta FAST radioteleskopi ish boshladi. Foto: New York Daily.


13. 2 dekabr kuni Hubble observatoriyasi Yerdan 30 mln yorug‘lik yili masofasida joylashgan IC3583 galaktikasi suratini taqdim etdi. 


14. 2 dekabr astronavt Tim Pik “Salom Parij va Fransiya, tunda sizlar qanday chiroylisiz”, deb nomlangan suratni taqdim etdi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid