Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliarder Bill Geyts Tramp bilan suhbatlashdi
Microsoft asoschisi, milliarder va saxovatpesha Bill Geyts AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan suhbati chog‘ida hayotning turli sohalariga yangilanishlarni kiritishning muhimligi xususida so‘zlab berdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Agentlikning ta'kidlashicha, suhbat davomida “go‘shakning narigi tarafida” iqlim o‘zgarishi bilan kurashga katta hissa qo‘shgan, boshqasida esa – bu o‘zgarishni o‘ylab topilgan narsa, deb baholovchi inson bo‘lgan.
Suhbat deyarli ikki hafta avval o‘tkazilib, sakkiz daqiqa davom etgan.
“Men gapirgan narsalarning eng muhimi bu yangilanishlarni nafaqat energetika, balki tibbiyot va ta'lim jarayoniga ham tatbiq etish edi. Shuningdek, men bu (shunday texnologiyalarni rivojlantirish) amerikaning yetakchiligi uchun katta o‘rin tutishini ham aytib o‘tdim”, - degan Geyts.
Mavzuga oid
09:49
Maduroning ag‘darilishidan 400 ming dollar ishlab olgan AQSh Maxsus kuchlari harbiysi qo‘lga olindi
08:50
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026