Jamiyat | 10:28 / 13.12.2016
4524
2 daqiqa o‘qiladi

Shanxay aeroportlarida bir yilda 100 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi

Foto: shanghaidaily.com

Shanxay dunyoning eng yirik havo transporti markazlari qatoriga kirdi. Shaharning ikki mahalliy aeroportida bir yilda 100 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi. Shanghai Daily’ning yozishicha, Pudun xalqaro aeportida 100-millionlik yo‘lovchi kuni kecha Moskvadan kelgan.

Shu tariqa, Shanxay aeroportlari yo‘lovchi o‘tkazish miqdori bo‘yicha London, Nyu-York, Tokio va Atlantaga imkoniyatni boy bermoqda.

Shaharda ishlayotgan ikki aeroport - Pudun va Xuntsyao to‘rt terminal va olti uchish-qo‘nish yo‘lagidan iborat. 2015 yilda ularga Xitoy havo trafigining 11 foizi to‘g‘ri kelgan. Pudundan samolyotlar dunyoning 250 shahriga parvoz qiladi. Ayni damda esa aeroportda ikkita yangi terminal qurilmoqda va ular yer osti metro yo‘nalishi bilan birlashadi. Loyiha 2019 yilga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan. 

Ba'zi bir taxminlarga ko‘ra, Shanxay kelasi yili Tokioni ortda qoldirib, Osiyoning eng yirik havo porti nomiga egalik qilishi mumkin.

Ayni damda London bu ko‘rsatkich bo‘yicha jahon yetakchisi sanaladi. Unda olti aeroport bor va bir yilda o‘rtacha 150 million kishiga xizmat ko‘rsatiladi. 

Mavzuga oid