O‘zbekiston | 21:05 / 13.12.2016
15513
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev va Petro Poroshenko  o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko o‘rtasida Ukraina tomonining tashabbusi bilan 2016 yil 13 dekabr kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA ma'lum qilgan.

Ukraina Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishonchli tarzda g‘alaba qozongani bilan samimiy tabriklagan. 

Prezidentlar turli sohalarda O‘zbekiston bilan Ukraina munosabatlarining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama etib, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashgan. 

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni, avvalo, savdo-iqtisodiy sohadagi aloqalarni kengaytirish yo‘lida birgalikda harakat qilishga, bunda ikki davlatning mavjud imkoniyatlarini to‘la ishga solishga kelishib olishgan.

Petro Poroshenko Shavkat Mirziyoyevni o‘ziga qulay vaqtda Ukrainaga tashrif bilan kelishni taklif qilgan.

Mavzuga oid