Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sodiq Safoyev Senat raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi parlamenti Senatining bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida senatorlar Senatning xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, chet el investitsiyalari va turizm yo‘nalishlaridagi faoliyatini rivojlantirish va jadallashtirish masalalarini ko‘rib chiqdi. Bu haqda UzReport xabar qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning yangi saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 dekabr kuni Respublika Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan ma'ruzasida aynan shu yo‘nalishdagi vazifalar xususida so‘zlagandi.
Xabarda keltirilishicha, senatorlar tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, jahon miqyosida milliy manfaatlarni himoya qilish, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, viloyat hududlariga chet el investitsiyalari va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, turizmni rivojlantirish, mamlakatning xalqaro imijini mustahkamlash, shuningdek, ushbu sohalardagi parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida Senat raisining birinchi o‘rinbosari lavozimini joriy etish haqida qaror qabul qilgan.
Bu lavozimga Sodiq Safoyev saylangan.
Safoyev Sodiq Solihovich 2003-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritgan. U 2005 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi hisoblanardi.
Mavzuga oid
19:30 / 27.02.2026
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi
21:55 / 14.02.2026
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
17:19 / 05.02.2026
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejasini taqdim etadi
16:42 / 05.02.2026