Jahon | 11:55 / 13.12.2016
4007
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp 20 yanvarga qadar biznesdan ketishini ma'lum qildi

Foto: AP

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Twitter’da o‘z biznesini 20 yanvarga qadar tark etishini ma'lum qildi.

"Qonunlarda bu majburan qilib belgilanmagan bo‘lsa-da, men o‘z kompaniyalarimni 20 yanvarga qadar tark etaman. Bu prezidentlikka barcha e'tiborimni qaratish maqsadida qilinadi. Bolalarimdan ikki nafari – Don va Erik, shuningdek rahbariyat a'zolari ularni boshqaradi. Mening prezidentlik davrimda hech qanday yangi kelishuvlar imzolanmaydi", - deb yozdi Tramp.

Avvalroq, Tramp biznesdan ketishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanini yanvar oyiga ko‘chirgandi. Kutilishicha, saylangan prezident matbuot anjumanida o‘z biznesi va prezidentlik majburiyatlari o‘rtasidagi ixtiloflarga qanday qilib yo‘l qo‘ymaslik haqida so‘zlab beradi.

Eslatib o‘tamiz, AQShning saylangan prezidenti inauguratsiyasi 2017 yil 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid