Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning F-16 qiruvchisi halokatga uchradi
Turkiya bosh shtabi OAV tomonidan F-16 qiruvchi samolyotining mamlakat janubi-sharqida joylashgan Diyorbakir aviabazasida halokatga uchragani haqidagi xabarni tasdiqladi. Ma'lumotga ko‘ra, samolyot uchuvchisi jabrlanmagan.
“Turkiya harbiy-havo kuchlarining F-16 qiruvchi samolyoti 12 dekabr kungi o‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng, noma'lum sabablarga ko‘ra halokatga uchragan. Uchuvchi jabrlanmagan. Voqea sabablarini o‘rganish boshlab yuborildi”, — deyiladi bosh shtab bergan ma'lumotda.
Diyorbakirda Turkiya harbiy-havo kuchlarining bazasi joylashgan bo‘lib, bu yerdan parvoz etadigan qiruvchi samolyotlar mamlakatda taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi va IShID terrorchilik tashkilotining marralariga aviazarbalar beradi.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
16:20 / 26.05.2026