Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arab davlatlari ligasi Halabdagi vaziyat bo‘yicha shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi
Arab davlatlari ligasi (ADL) 15 dekabrda tashkilotning doimiy vakillari darajasida Halabdagi gumanitar vaziyatni muhokama qilgani shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi.
Tashkilot bosh kotibi o‘rinbosari Xusam Zakiyning jurnalistlarga aytishicha, ushbu yig‘ilish Qatar iltimosi bilan o‘tkaziladi.
Avvalroq ADL bosh kotibi Ahmad Abdul G‘ayt tashkilot "Halabdagi vaziyatga kuchli ta'sir qila olmasa-da, Suriya xalqi azob-uqubatlariga e'tiborni qaratish va qon to‘kilishining to‘xtatilishi uchun sa'y-harakatlarni davom ettirishini" aytgandi.
Suriya armiyasi avvvalroq Halabning jangarilar nazoratida qolayotgan sharqiy hududlariga hujum o‘tkazgandi. Rossiyaning adovatdagi tomonlarni yarashtirish markazining 13 dekabrda ma'lum qilishicha, Suriya hukumati Halabning 98 foizini nazorat qilmoqda.