Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal» safarda «Everton»ga yutqazib, «Chelsi»ni quvib o‘tish imkonidan foydalana olmadi
Angliya chempionatining 16-turi doirasida Liverpuldagi «Gudison Park» stadionida «Everton» «Arsenal»ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.
Avvaliga Aleksis Sanches hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim oxirida Sheymus Koulmen hisobni tenglashtirdi. Hammasi durangga qarab ketayotganida, 86-daqiqada mezbonlar himoyachisi Eshli Uilyams gol urdi. O‘yinning qolgan qismida londonliklar vaziyatni o‘zgartira olishmadi.
Endilikda «Arsenal» 34 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi va «Chelsi»ni (37 ochko) quvib o‘tish imkonidan foydalana olmadi. «Everton» esa ochkolari sonini 23taga yetkazgan holda yettinchi o‘ringa ko‘tarildi.
«Lester» esa «Bornmut» maydoniga safar qilib, 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytdi.
«Lester» 16 ochkosi bilan turnir jadvalining 14-pog‘onsida joylashgan, «Bornmut» sakkizinchi o‘ringa ko‘tarilgan (21 ochko).
Angliya chempionati, 16- tur
Everton – Arsenal 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 20 Sanches, 1:1 – 44 Koulmen, 2:1 – 86 Uilyams.
Everton – Stekelenburg, Koulmen, Jagelka, Uilyams, Beyns, Makkarti (Funes Mori, 90), Guyye, Barkli, Valensiya (Kelvert-Lyuin, 79), Lukaku, Lennon (Miralyas, 68).
Arsenal – Chex, Belerin, Gabriel, Koselni, Monreal, Koklen (Peres, 88), Jaka, Uolkott (Jiru, 71), Ozil, Oksleyd-Chemberlen (Ivobi, 71), Sanches.
Ogohlantirishlar: Jagelka (18), Makkarti (42), Koselni (84).
Chetlatish: Jagelka (90).
Bornmut – Lester 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 34 Pyu.
Bornmut – Boruts, Frensis, Kuk, Ake, Deniels, Arter, Uilsher, Smit, King (Gosling, 79), Pyu, Afobe (Uilson, 68; Mingz, 90).
Lester – Tsiler, Ernandes, Morgan, Xut (Uloa, 82), Fuks, Marez, King, Amarti, Olbrayton (Musa, 74), Slimani (Okadzaki, 46), Vardi.
Ogohlantirishlar:King (36), Morgan (83), Ernandes (87).
Mavzuga oid
14:18 / 01.06.2026
«Keyingi yil YeChL uchun qaytamiz». «Arsenal» Londonda chempionlik paradi o‘tkazdi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
12:01 / 25.05.2026