Jahon | 07:26 / 14.12.2016
4699
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Bashar Asad qo‘shinlarini tinch aholini o‘ldirishda aybladi

Foto: Ammar Abdullah / Reuters

BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasida Suriya hukumat qo‘shinlari Halab shahrida tinch aholini o‘ldirgani haqida ma'lumotlar borligi ma'lum qilindi. Bu haqda boshqarmaning matbuot kotibi Rupert Kolvill ma'lum qildi, deb xabar bermoqda xorijiy OAV.

"Biz bu jahannamda qolayotganlar uchun tashvishlanmoqdamiz", deb aytdi Kolvill va Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar 82 nafar tinch aholi vakilini o‘ldirganini, ulardan 13 nafari ayol va 11 nafari bola ekanligini ta'kidlab o‘tdi. "Biz kecha ko‘chalarda ko‘plab jasadlar yotgani, mahalliy aholi esa jadal bombardimonlar va otib tashlanishdan qo‘rqib ularni olib keta olmayotgani haqida ma'lumot oldik", deb qo‘shimcha qildi Kolvill.  

Suriya qurolli kuchlari vakili bu ayblovlar isbotsiz va yolg‘on ekanligini aytmoqda. "Suriya arab armiyasi bunday qilmaydi, biz biror marta bunday qilmaganmiz", deb aytdi Suriya qurolli kuchlari matbuot kotibi, brigada generali Samir Sulaymon.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid