Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan mudhish fojia tafsiloti
Bu fojia Shahrisabz tumanidagi Yangi hayot qishlog‘ida yuz bergan edi. Xunrezlik oqibatida o‘shanda ikki inson hayotdan ko‘z yumdi. Kunlar, oylar o‘tdi. Biroq umri xazon bo‘lgan insonlarning g‘am-anduhi hanuz unutilgani yo‘q. Yetim qolgan farzandlar qalbida o‘kinch va alam, kimlardir pushaymonlik, afsus va nadomat olovida o‘rtanadi. O‘shanda ularda ozgina bosiqlik, mulohazakorlik bo‘lganida edi, hammasi risoladagidek bo‘lardi. Jinoyatning oldi olinardi. Bir yigit qotillikka qo‘l urib, ikki inson hayotdan bevaqt ko‘z yummas edi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Nosir (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) uyidagi kundalik yumushlari bilan band edi. Akasi Narzulla qo‘ng‘iroq qilgach, oshxonaga otildi: “Yaramaslar, bugun barchasiga chek qo‘yaman! Qoningni ichib, o‘chimni olaman!”, - deya oshxona tokchasida turgan ikkita pichoqni oldi-da, qayerda ekanligini so‘radi. Narzulla ukasiga shifoxonadan qaytayotganligini aytdi:
- Safar uyidagilar bilan bostirib keldi, - dedi Narzulla ukasini ko‘rgach. – Qo‘llarida pichoq, boltalari bor edi.
Aslida Safar ularga begona emas edi. Qarindoshlar o‘rtasidagi o‘zaro adovat oqibatida bungacha ham bir necha marta janjal bo‘lgan, Nosir barchasidan xabardor edi. Shu sababli akasining gapiga ishondi. Mojaroning sababini ham surishtirmay, akasining yonini olib, o‘ch olishga shoshildi. Aka-uka “bosqinchilar” ortidan borib, ularni guzardagi sartaroshxona oldida uchratishdi.
Qarindoshlar Safar, Fazliddin, Umrbek, Jasur, Shavkat va Mohir sartaroshxona oldida to‘planib turishgandi. Tomonlarning hech birida murosaga xohish yo‘qligi bois, darhol mushtlarini ishga solishdi. Har kim qo‘liga ilingan narsa bilan bir-biriga hujumga o‘tdi. Ko‘p o‘tmay jangari filmlardagi singari ayovsiz mushtlashuv boshlandi.
Nosir qo‘lidagi pichoqni o‘ynatib, raqiblariga hamla qila boshladi. Dastlab Safar tig‘ga ro‘baro‘ keldi. Nosir uning duch kelgan joyiga pichoq sanchib, keyin Fazliddin va Umrbekni nishonga oldi. Qulay vaziyat topib, Fazliddinning qorniga pichoq urdi.
Ukasi kabi qahru g‘azabga to‘lgan Nazrulla esa qo‘lidagi temir bo‘lagi bilan qoniga belanib yotgan Safarning oyog‘iga urdi. Shu payt kimdir uning qo‘liga yopishdi:
- Bolamni urma, o‘ldirib qo‘yasan! – Nazrulla o‘girilib, Safarning onasini ko‘rdi. Ayol har qancha urinmasin, quturib ketgan aka-ukalarga bas kela olmadi. O‘g‘lini bazo‘r to‘dadan ayirib, chetga olib chiqdi. Bu vaqtda turmush o‘rtog‘i Sherbobo Boqiyev ham yetib keldi.
Nosir boshiga berilgan zarbadan biroz hushini yo‘qotgandek bo‘ldi. Biroq tezda o‘zini qo‘lga olib, janjalni to‘xtatishga urinayotgan Sherbobo Boqiyevning ko‘ksiga pichoq sanchdi. Bu bilan barchasiga nuqta qo‘ygandek bo‘ldi.
...Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizildi. Olib borilgan tezkor muolajalarga qaramay Sherbobo va Fazliddin Boqiyevlar hayotdan ko‘z yumishdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi tomonidan Nosir Sharapovga uzil-kesil o‘tash uchun 22 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Narzulla Sharapov ham sud hukmiga ko‘ra tegishli jazosini oldi.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026