Jonibek Otabekov sport kurashi bo‘yicha jahon chempionati sovrindori bo‘ldi
O‘zbekistonlik yunon-rum kurashchisi Jonibek Otabekov sport kurashi bo‘yicha jahon chempionatida bronza medal sovrindori bo‘ldi. Budapeshtda (Vengriya) o‘tgan musobaqa 11 dekabrda yakun topdi.
80 kg gacha vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz 3-o‘rin uchun kurashda gruziyalik Nikolaz Kelasovni mag‘lub etdi.
Otabekov bundan avvalgi janglarda xorvatiyalik Nenad Jugayni (6:4), yaponiyalik Soxa Sakabeni (6:3) yutgandi, biroq yarimfinalda rossiyalik Ramazan Abacharayevga yutqazgandi (0:6).
Xuddi shunga o‘xshash yo‘sinda yana bir sportchimiz Rashid Qurbonov ham ishtirok etib kelayotgandi. Biroq 70 kg gacha vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz "bronza" uchun jangda eronlik Mostafo Husaynxoniyga yutqazib qo‘ydi va yakuniy hisobda 5-o‘rin bilan kifoyalanib qoldi.
Yana ikki hamyurtimiz chempionatning ilk kunidayoq muvaffaqiyatsizlikka uchragandilar: Fazliddin Nomozov (71 kg, yunon-rum kurashi) saralash bosqichidayoq, Temurjon Usmonoxunov (61 kg, erkin kunash), birinchi bosqichdan o‘tib, ikkinchi bosqichda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Mavzuga oid
20:10 / 02.10.2024
O‘zbekistonlik xokkeychilar ilk marotaba jahon chempionatida ishtirok etadi
15:23 / 04.12.2023
Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
20:22 / 26.11.2023
O‘ziga 100 mln, murabbiyiga 50 mln. Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Afruza Hamdamova tantanali kutib olindi
15:34 / 22.11.2023