Iqtisodiyot vazirligida Botir Xo‘jayev o‘rniga rahbar tayinlandi
Bugun O‘zbekiston hukumatida Moliya vazirligiga o‘tgan Iqtisodiyot vaziri birinchi o‘rinbosari Botir Xo‘jayev o‘rniga rahbar tayinlandi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Bekenov Sunatulla Husanovich O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Galina Saidovaning Makroiqtisodiy parametrlar, moliya-valuta balansi va Respublika investitsiya dasturlari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari hisoblanadi.
Sunnatulla Bekenov 1971 yilda Qozog‘istonning Chimkent shahrida tug‘ilgan.
U 2005 yilgacha (qachondan beriligi noma'lum) "O‘zbekiston Qimmatli qog‘ozlar depozitariysi" davlat korxonasi bosh direktori sifatida ishlagan. 2005-2007 yillarda O‘zbekiston Moliya vaziri o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahliliy departamenti boshlig‘i, 2008-2009 yillarda Vazirlar Mahkamasi ijro apparati rahbari, 2009-2010 yillarda Iqtisodiyot vaziri sifatida faoliyat yuritgan.
2010-2015 yillarda Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi sifatida ishlagan. 2015 yildan shu kungacha Tashkiliy-kadrlar masalasi bo‘yicha Prezident davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
15:17 / 17.08.2023
Sunnatilla Bekenov Prezident administratsiyasidan ketdi
14:47 / 15.08.2023
Iqtisodiyot vazirligi 2022 yilda budjet taqchilligi qaysi manbalardan qoplanganini ochiqladi
08:35 / 23.07.2022
Maktablarda pedagogik stavkalarni qisqartirish yuzasidan hech qanday ishlar olib borilmayapti - Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
08:32 / 06.08.2021