Sunnatilla Husanoviç Bekenov Prezident Administratsiyasi rahbari yordamçisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Bekenov bu lavozimda 2022 yil iyulidan buyon işlab kelayotgandi.
Şuningdek, Furqat Jaloloviç Rahimov Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro etuvçi apparati tahliliy materiallarni tayyorlaş va Administratsiya bölinmalari faoliyatini muvofiqlaştiriş şö’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Sunnatulla Bekenov 1971 yilda Qozoğistonning Çimkent şahrida tuğilgan.
U 2005 yilgaça «Özbekiston Qimmatli qoğozlar depozitariysi» davlat korxonasi boş direktori sifatida faoliyat yuritgan. 2005-2007 yillarda moliya vaziri örinbosari, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahliliy departamenti boşliği, 2008-2009 yillarda Vazirlar Mahkamasi ijro apparati rahbari, 2009 yil iyuldan 2010 yil oktyabrgaça iqtisodiyot vaziri bölgan.
2010-2015 yillarda Vazirlar Mahkamasining ijro etuvçi apparati boşqaruvçisi, 2015 yildan 2016 yilning dekabrigaça prezidentning taşkiliy-kadrlar masalasi böyiça davlat maslahatçisining birinçi örinbosari sifatida işlagan. 2016 yilning dekabrida iqtisodiyot vaziri Galina Saidovaning birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan.
Bekenov 2018 yilning fevralida Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari, 2019 yilning yanvarida investitsiyalar va taşqi savdo vazirining birinçi örinbosari lavozimini egallagan.
2019 yil sentabridan 2020 yilning dekabriga qadar Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori edi.
2022 yil 16 iyulida Sardor Umrzoqov Prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlangan, bir neça kundan keyin Bekenov uning yordamçisi sifatida iş boşlagandi.













