Fan-texnika | 18:33 / 15.12.2016
7742
2 daqiqa o‘qiladi

Land Rover Bombardier bilan sudda g‘olib chiqdi

Land Rover kompaniyasi Kanadaning Bombardier Recreational Vehicles texnika ishlab chiqaruvchisiga Defender nomini Can-Am seriyasidagi o‘z kvadrosikllarida qo‘llashni taqiqladi. Yevropa sudi britaniya kompaniyasining bunday nom ularning mashhur yo‘ltanlamaslarida ishlatilishi haqidagi arizasini qondirgan. Bu haqda Autocar xabar bermoqda.

«Biz huquqimizni himoya qilgan sud qaroridan xursandmiz. Land Rover Defender — taniqli mashina va Jaguar Land Rover alyansining ajralmas bir qismidir. Uning omadi noyob dizayn va texnik xususiyatlariga bog‘liq. Biz o‘z brendimizni butun dunyo bo‘ylab himoya qilamiz», - deya ta'kidab o‘tdi JLR yuristi Kit Bendjamin.

Bombardier kompaniyasidan texnikada Defender logotiplarini olib tashlashni, shuningdek reklama yo‘lida bu nomdan foydalanishni talab qilindi. Bundan tashqari, kanadaliklar sud mojarosiga ketgan «arzimagan pulni» to‘lab berishlari kerak.

Ma'lumot uchun, Land Rover Defender yo‘ltanlamaslarini ishlab chiqarishni 2016 yilning boshida to‘xtatdi. Keyingi avlod «Defender»i esa britaniya kompaniyasi tarixida «texnik jihatdan eng rivojlangan» model bo‘lishi kutilmoqda. U 2019 yilda taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid