Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shotlandiyadagi fermada tasodifan o‘ta noyob «Lend Rover»lar topildi
Shotlandiyaning Piblsshir grafligida fotograflar guruhi nodir va yo‘qolib ketgan deb hisoblanuvchi Land Rover yo‘ltanlamaslariga duch kelishdi. Avtomobillar xususiy mulk hududida joylashgan omborda saqlanayotgan bo‘lgan. Bundan tashqari, Rolls-Royce V12 dvigateli o‘rnatilgan tajribaviy aerodrom avtomobili ham topilgan.
Mashinalardan biri Land Rover Series IIA Lightweight harbiy avtomobili bo‘lib, 1968 yilda jami 1500-2000 dona ishlab chiqarilgan.
Ikkinchi topilma Land Rover Defender 110 bo‘ldi. Hujjatlarga ko‘ra, u sinov avtomobili bo‘lib, model konversiyasi va turli vazifalarni bajarish uchun shassining mustahkamligi tekshirib ko‘rilgan.


So‘nggi avtomobil esa SRV1 aerodrom avtomobilidir. Mazkur tajribaviy mashina Rolls-Royce Meteor dvigateli bilan jihozlangan. Bunday dvigatellar 1964 yilgacha Britaniya tanklariga o‘rnatilgan. 27 litrli SRV1 motori 608 ot kuchiga ega bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:14 / 21.03.2026
Shotlandiyada atom suvosti kemalari bazasi yaqinida ikki kishi qo‘lga olindi
12:24 / 19.11.2025
Shotlandiyada drama. Yevropada JChning yana besh ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi
07:20 / 24.07.2025
WSJ Trampning press-pulidan chiqarib tashlanadi
10:53 / 30.03.2025