Jamiyat | 20:11 / 16.12.2016
11721
1 daqiqa o‘qiladi

Filippinda 6 yoshli bola "giyohvand moddalarga qarshi urush" qurboniga aylandi

Filippin poytaxti Manilada 6 yoshli bola hukumatning narkotrafikka qarshi olib borayotgan kurashi qurboniga aylandi. Bu haqda CNN xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, bolakay giyohvand moddalarni tarqatishda gumon qilinayotganlarni izlash bo‘yicha o‘tkazilgan reyd vaqtida uxlab yotgan chog‘ida o‘ldirilgan.  

Bola onasining aytishicha, u eshik taqillaganini, uning turmush o‘rtog‘i eshik ortida kim ekanligini so‘raganda, ikkita o‘q ovozini eshitgan. Oqibatda uning turmush o‘rtog‘i va farzandi o‘ldirilgan.

Filippin prezident Rodrigo Duterte hokimiyat tepasiga kelgandan keyin mamlakatda giyohvandfurushlikka qarshi jiddiy kurash boshlangan. Bu qattiqqo‘l siyosat mamlakat siyosatchilari va qonun chiqaruvchilari, dunyo ahli tomonidan tanqidga uchrab kelmoqda.

 

Mavzuga oid