Afg‘onistonda IShIDning 16 jangarisi yo‘q qilindi
Afg‘onistonning Nangarxor viloyatida AQSh harbiy-havo kuchlari droni aviazarbasi natijasida IShIDning kamida 16 jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda Hama Press axborot agentligi ma'lum qildi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, operatsiya davomida jangarilarga tegishli bo‘lgan qurol-aslaha, o‘q-dori va portlovchi moddalar yo‘q qilingan.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, oxirgi vaqtda jangarilarning Afg‘onistonning sharqiy va janubiy viloyatlari – Logar, Nangarxor, Gilmand va shimoliy viloyatlari – Qunduz, Jauzjon va Parvonada ancha mustahkamlanib olgani kuzatilmoqda. Shu bilan birga "Tolibon" harakatining borgan sari ko‘proq dala qo‘mondonlari va jangarilari IShIDga sodiqlikka qasamyod keltirishmoqda.
Mavzuga oid
18:05
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024
Qo‘shtepa kanali bo‘yicha afg‘on-o‘zbek muzokaralarning uchinchi bosqichi Toshkentda o‘tkaziladi
10:00 / 02.11.2024