2017 yilgi davlat dasturi ishlab chiqilishi boshlandi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish haqidagi farmoyishini imzoladi. Bu haqda "O‘zbekiston" telekanalining "Axborot" dasturida o‘qib eshittirildi.
Bir oy muddat ichida tayyorlanadigan ushbu dasturdan maqsad, "mamlakatdagi demokratlashtirish jarayonlari samaradorligi va sifatini tubdan yaxshilash, kishilarning erkinliklari, huquqlari, munosib turmush tarzi va manfaatlarini ta'minlash, bunda davlat idoralari mas'uliyatini kuchaytirish, xalq bilan ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yishda yangi samarador vositalar va usullarni joriy etish, "Inson manfaatlari - barchasidan ustun" shiori ostida ish olib borish hisoblanadi.
Dasturni ishlab chiqish va ijrosini ta'minlash uchun mamlakat bosh vaziri Abdulla Oripov boshchiligida komissiya tashkil etiladi. Ishchi guruh vazirliklar, idoralar, joylardagi davlat muassasalari, jamoatchilik birlashmalari va nodavlat tashkilotlar tomonidan bildirilgan takliflardan umumiy xulosa qilib, bu farmoyish ijrosi bilan shug‘ullanadi.
2017 yilgi davlat dasturining birinchi galdagi vazifalari:
- Dastur joylarda qabul qilingan qonunlar, buyruqlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi, davlat organlarining o‘zlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish bo‘yicha faoliyatining samaradorligi ustidan parlament va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni shakllantirish;
- Dastur doirasida aholi va yuridik shaxslar o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi samarali mexanizmlari va uslublarini joriy qilish, barcha hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisob berish tizimini joriy etish;
- Joylarda "xalq qabullari"ni joriy etishning tashkiliy-amaliy, huquqiy, moddiy-texnik va moliyaviy asoslarini belgilash, fuqaro murojaatlari eng ko‘p kuzatiladigan sohalardagi byurokratik to‘siqlarni va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinishini ta'minlash;
- Aholiga talab katta bo‘lgan davlat xizmatlarini «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha bir muassasa orqali ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilindi. Davlat organlari faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalari o‘rnini kengaytirish, «Elektron hukumat» tizimini samarali rivojlantirish borasidagi choralar;
- Aholining huquqiy madaniyati va moliyaviy-iqtisodiy savodxonligini oshirish hamda fuqarolarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash tizimini shakllantirish bo‘yicha tadbirlar ham davlat dasturiga kiritiladi.
- Iqtisodiyotni boshqarishdagi davlat rolini kamaytirish choralarini ko‘rish, davlat boshqaruv idoralari vakolatlarini optimallashtirishga qaratilgan ma'muriy islohotlarni ishlab chiqishni bosqichma-bosqich amalga oshirish, davlat xizmatchilarining moddiy va maxsus ta'minotini takomillashtirish, professional mutaxassislar tayyorlashga e'tibor qaratish;
- Mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotini ta'minlash hamda iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar;
- Hududlarda tijoriy banklarning faol ishtiroki bilan yangi ish joylari tashkil qilish, shuningdek, ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiyalar miqdorini ko‘paytirish, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish;
- Muhandis-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi sohalarini yangilash va rivojlantirishga qaratilgan maqsadli dasturlarning amalga oshirilishi;
- Ta'lim tizimi, ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks choralarni amaliyotga tatbiq etish;
- Diniy e'tiqodi va qaysi millatga mansubligidan qat'i nazar mamlakatning barcha fuqarolariga teng huquq va imkoniyatlar mavjudligini ta'minlash, mahalla instituti, ayollar va yoshlar tashkilotlari, faxriylar birlashmalarining mamlakatdagi tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashdagi rolini kuchaytirish.
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024