Sport | 07:48 / 18.12.2016
7831
2 daqiqa o‘qiladi

Ramos: Raul hamda Inesta "Oltin to‘p" olmaganidan hayronman

Ispaniya terma jamoasi hamda "Real Madrid" klubi himoyachisi Serxio Ramos 2016 yilgi "Oltin to‘p" mukofoti uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada unga hech kim ovoz bermaganidan hayron bo‘lmaganini aytdi. Futbolchi faoliyatida davomida katta yutuqlarga erishgani qaramay, eng yaxshi o‘yinchi deb topilmagan hamyurti Andres Inesta hamda "Real Madrid"ning sobiq jamoa sardori Raul Gonsalesni misol qilib keltirdi. 

""Oltin to‘p" g‘olibini aniqlashda hech kim menga ovoz bermaganidan hayron qolganim yo‘q. Meni ko‘proq Inesta bitta bo‘lsa ham ovoz olmagani hayratda soldi. Ispaniyaliklarni qadrlashmaydi. Raul hamda Inesta hech qachon "Oltin to‘p" olmaganidan hayronman. Ovoz berayotgan insonlarning qaysi mezonlarga asoslanishiga tushunmayman", – dedi Ramos.

2016 yil yakunlariga ko‘ra, "Oltin to‘p" "Real Madrid" hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga topshirildi.

Mavzuga oid