Jahon | 11:17 / 19.12.2016
6540
1 daqiqa o‘qiladi

Yoqutistonda avariyaviy qo‘ngan samolyot yo‘lovchilarining 13 nafari og‘ir ahvolda

Yoqutistonda harbiylar mingan Il-18 samolyoti xavfli qo‘nishni amalga oshirishi vaqtida jarohatlangan 23 kishi shifoxonaga yetkazilgan. Ularning 3 nafarining ahvoli juda og‘ir, 13 nafari esa og‘ir holatda. Yana 9 kishi shifoxonaga ikkinchi reys orqali keltirilgan.

Samolyotda 32 yo‘lovchi va ekipajning 8 a'zosi bo‘lgan. Halok bo‘lganlar haqida ma'lumot yo‘q.

Bortida harbiy xizmatchilar bo‘lgan samolyot Yoqutistonning Bulunskiy tumanida, Tiksi qishlog‘idan 27 km masofada favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan. Avvaliga samolyot qulab tushgani va 3 qismga bo‘linib ketgani hamda 33 kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar berildi. Ko‘p o‘tmay bu hodisa avariyaviy qo‘nish bo‘lgani ma'lum qilindi.

Mavzuga oid