Viloyatlar, avtonom hududlar, ölkalar, ştatlar — bularning barçasi mamlakatlarning ma’muriy-hududiy birliklaridir. Ular tarixiy, geografik, iqtisodiy va etnik omillarni hisobga olgan holda şakllantiriladi.

Dunyodagi eng katta hududiy birlik Rossiyada joylaşgan — Saxa Respublikasi (Yoqutiston). Uning maydoni 3,08 million kvadrat kilometrdan oşadi. Bu körsatkiç aholi soni böyiça dunyoda birinçi örinda turadigan mamlakat — Hindiston maydoniga yaqin (qariyb 3,3 million kvadrat kilometr).

Ikkinçi örinni Ğarbiy Avstraliya egallagan, uning maydoni 2,6 million kvadrat kilometrdan ziyod. Taqqoslaş uçun, Qozoğiston maydoni taxminan 2,7 million kvadrat kilometrni taşkil qiladi. Uçlikni Rossiyaning Krasnoyarsk ölkasi yakunlaydi — 2,3 million kvadrat kilometr.

Grenlandiya dunyoda maydoni böyiça eng yirik oroldir. Uşbu reytingda Daniyaning 2,1 million kvadrat kilometrdan ortiq hududni egallagan avtonom hududi törtinçi örinni olgan.

Kanada dunyo mamlakatlari orasida maydoni böyiça ikkinçi örinda turadi. Uning ma’muriy-hududiy birliklaridan Nunavut reytingning beşinçi poğonasidan joy olgan. Uning ortidan yana Avstraliyaning Kvinslend hududi keladi. Alyaska (AQŞ) yettinçi örinni egallagan. Reytingdan Xitoyning Şinjon-Uyğur avtonom rayoni ham örin olgan.

Şuningdek, dunyodagi eng yirik 12 ta ma’muriy hudud qatoriga Amazonas (Braziliya), Kvebek (Kanada), Avstraliyaning Şimoliy hududi va Kanadaning Şimoliy-Ğarbiy hududlari ham kirgan.