Sakha Day kanali tomonidan e’lon qilingan videoda namoyişçilar xavfsizlik kuçlaridan «Biz ularga tegmadik. Nega ular şunday yöl tutmoqda?» deb sörayotgani eşitiladi.
Namoyişçilar oldiga respublika içki işlar vaziri örinbosari Vladimir Arbuzov va politsiya boşliğining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari Oleg Lebed çiqqan.
«Qotil hibsga olindi. U ham xuddi sizdek Rossiya fuqarosi. Biz uni qölga oldik, tergov böladi. Yigitlar, nega yiğildingiz?» deydi Lebed videolardan birida.
OAV xabarlariga köra, bundan köp ötmay namoyişçilar boşqa maydonda yiğilişgan, u yerda politsiya namoyişçilarni hibsga ola boşlagan.
Ayni paytda yoqutistonliklar şaharda ba’zi uyali aloqa operatorlarining 4G tarmoği işlamayotgani haqida xabar berişdi. «Sboy.rf» portaliga köra, Yoqutistonda Telegram, WhatsApp va Viber messenjerlaridagi nosozliklar yuzasidan köplab şikoyatlar kelib tuşgan.
Namoyişlarga sabab bölgan qotillik 21 yanvar kuni Marxa mikrorayonidagi uy hovlisida sodir bölgan. Tergov qömitasi ma’lumotlariga köra, ikki erkak örtasida janjal kelib çiqqan, ularning biri ikkinçisining kökrak qismiga piçoq sançgan. Jarohat ölimga olib kelgan.
Namskiy ulusida yaşovçi 26 yoşli fuqaroni öldirişda gumon qilinib, Rossiya fuqaroligiga ega bölgan asli tojikistonlik yigit qölga olingan. Sud uni hibsga oliş haqida qaror çiqargan.
Yoqutiston rahbari Aysen Nikolayev sodir bölgan voqeani izohlar ekan, uning qanday qilib Rossiya fuqaroligini olgani örganilişi, xavfsizlik çoralari kuçaytirilişi, jumladan, migrantlar nazorat qilinişiga va’da berdi.
Şu bilan birga, Nikolayev aholini «provokatorlar, şu jumladan çet elda ötirganlar» qönğiroqlariga javob bermaslikka çaqirdi. «Endi, haqiqiy duşman vatandoşlarimizni öldirayotganda, biz har qaçongidan ham köproq birlaşişimiz kerak!» deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda, aftidan, Ukrainadagi uruşni nazarda tutgan holda.








