Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Barak Obama uchun qorbobolar
Oq uyning rasmiy suratchisi Pit Suza (Pete Souza) o‘zining Instagram sahifasida prezident qarorgohi xodimlari tomonidan uyushtirilgan bayramoldi hazili haqida hikoya qildi.
Nasroniylarning Mavlid bayrami arafasida Oq uy hududi yirik sun'iy qorbobolar bilan bezaldi. Shundan so‘ng, xodimlar uni kuniga oz-ozdan siljitishga va deraza tomon yaqinlashtirishga qaror qilishgan. Shu bilan ular buni kimdir sezishi yoki sezmasligini bilmoqchi bo‘lishgan. Biroq, qorbobolar, ularni siljitishga imkon beradigan darajada yengil bo‘lmagan.
Shunga qaramay, kimdir qorbobolarning bir guruhini Oval xonaga qaratib qo‘yishning uddasidan chiqqan. Fotosuratchining so‘zlariga ko‘ra, Obamaga bu hazil yoqqan.
Avvalroq, Obama ushbu qorbobolarni 1988 yillardagi «Bolalar o‘yini» nomli qo‘rqinchli filmlar qahramoni qotil-qo‘g‘irchoqqa qiyoslagan edi.

Mavzuga oid
15:49
Finlandiya AQShni Ukrainaga kafolatlarni ehtiyotkorlik bilan ta’riflashga chaqirdi
13:03
AQSh o‘z fuqarolarini Eronni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
12:28
Tramp dorilarga chegirmalar taklif qiluvchi saytni ishga tushirdi
12:25