Sport | 23:48 / 19.12.2016
28540
1 daqiqa o‘qiladi

Mutko Odil Ahmedovning doping nazoratidan o‘ta olmaganini yashirgan bo‘lishi mumkin

Foto: Sport.ru

Butunjahon dopingga qarshi kurash agentligi (WADA) prezidenti Kreyg Ridining fikriga ko‘ra, Maklarenning rus sportidagi doping mojarolari borasidagi hisobotida faqatgina bir holat Mutko bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

Sports Integrity Initiative nashri bergan xabarga ko‘ra, gap «Krasnodar» va O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov haqida ketmoqda. Mutko Ahmedovning ijobiy natija bergan doping tekshiruvi natijalarini yashirishda ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, FIFA RFI prezidenti axloq bo‘yicha tergov palatasi Mutkoga nisbatan surishtiruv ishlari boshlangani haqidagi xabarni inkor etib chiqqandi. Mutkoning o‘zi ham FIFAdan hech qanday surishtiruv ishlari bo‘yicha bildirishnoma olmaganini bildirgan.

Mavzuga oid