Jahon | 18:12 / 19.12.2016
31366
2 daqiqa o‘qiladi

Obama Oq uydan garajga ko‘chib o‘tadi

AQSh prezidenti Barak Obama Oq uyni tark yetganidan so‘ng yashaydigan uyda katta ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. U Vashingtonning Kalorama tumanida joylashgan, deb xabar beradi TMZ.

Ma'lum bo‘lishicha, davlat rahbari tomonidan ijaraga olingan “qasr” atrofida yangi to‘siqlar qurilmoqda, uyning o‘zida esa elektr ta'minoti tizimi yangilanmoqda. Bundan tashqari, kottejga kiradigan eshikda mushukka mo‘ljallangan maxsus teshikcha ham paydo bo‘ladi.

Ishchilar uy yonidagi garajni ham ta'mirlashi rejalashtirilgan. U yer vannali xonaga ega bo‘lgan ish kabinetiga aylantiriladi.

Avvalroq, Obama tomonidan ijaraga olingan uy mamlakat sobiq prezidenti Bill Klintonning matbuot kotibi Jo Lokxartga tegishli ekani xabar qilingandi. U 1928 yilda qurilgan bo‘lib, to‘qqizta yotoqxona va sakkizta vannaxonaga ega. 

Zillow ko‘chmas mulk bazasi mutaxassislarining taxminlariga ko‘ra, oila ushbu uyni ijaraga olish uchun bir oyda 22 ming dollardan voz kechishi talab etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid