Jamiyat | 17:20 / 19.12.2016
12252
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Axlat yig‘uvchi qoidabuzar haydovchini g‘aroyib usulda jazoladi

Xitoyning Anxoy viloyatilik g‘azabi to‘lib-toshgan axlat yig‘uvchi ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi. Bunga uning belgilanmagan joyda tashlab ketilgan avtomobilni axlat konteynerlari bilan o‘rab tashlagani sabab bo‘lgan. Transport vositasi axlatxonaga kirish yo‘lini ham yopib qo‘ygani xabar qilinmoqda.

Bu haqdagi rolik The South China Morning Post gazetasi tomonidan chop etildi. Nashrning ta'kidlashicha, axlat yig‘uvchiga avtomobil o‘zi ishlaydigan joyga kirish yo‘lini yopib qo‘ygani ayniqsa qattiq ta'sir qilgan. U qoidabuzar haydovchini o‘ziga xos usulda jazoladi. 

Video qahramonining aytishicha, mashina sabab deyarli ishlay olmagan, shuningdek ish joyidan chiqib ham ketolmagan.

Nashr xabariga ko‘ra, ko‘plab internet foydalanuvchilari uning bunday “tashabbusini” qo‘llab-quvvatlashdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid