Avvalroq Kun.uz’da Instagramʼdagi sahifasiga ism-şarifi Madina Şamsutdinova deb yozilgan ayol Equinox maşinasini Angren şahri Gurum mahallasi köçalarida soatiga 156 km tezlikda boşqargani va holatni videoga olib Instagramʼdagi sahifasiga joylagani haqida xabar berilgandi.

Video ostidagi izohlarda Instagram foydalanuvçilari ayolga tanbeh berib, maşinalarning tez yurişi oqibatida bolalar halok bölayotganini yozganda u “U bolaçalarning taqdiri onasining qornida yozilib bölgan”, deb javob bergan.

Xabar saytda e’lon qilingandan köp ötmay ayol öz sahifasidan Equinox maşinasida tez yurgani va telefondan foydalangani tasvirlangan videolarni öçirib taşladi.

Toşkent viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, Equinox maşinasi va uni juda katta tezlikda boşqargan ayol topilgan. Unga Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

YHXB öz Telegram kanalida e’lon qilgan videoda ayol maşinani aholi punktlarida soatiga 157 km tezlikda boşqariş mumkin emasligini bilmasligini ta’kidlagan.

YHXB e’lon qilgan videoda ayolning haydovçilik guvohnomasi bölganmi yöqmi oydinlik kiritilmagan. Mabodo ayolda haydovçilik guvohnomasi bölsa, Özbekistonda aholi punktida maşinani qanday tezlikda boşqarişni bilmaydigan şaxsga uni kim va qaçon qanday tarzda berganini ham tekşirib köriş kerak.

Özbekistonda transport vositalariga:

  • Toşkent, viloyat va tuman markazlarida maksimal harakatlaniş tezligi 60 km/soat;
  • boşqa aholi yaşaş punktlarida 70 km/soat;
  • aholi punkti bölmagan boşqa yöllarda 100 km/soat;
  • şaharlararo qatnaydigan avtobus va yuk maşinalariga 90 km/soat;
  • boşqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, ruxsat etilgan töliq vazni 3,5 tonnadan ortiq bölgan yuk avtomobillariga tezlikni 80 km/soatdan oşirmasdan;
  • tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 km/soatdan oşirmasdan harakatlaniş ruxsat etiladi.

Eslatib ötamiz, 2024 yil 1 iyul kuni Navoiy viloyati Xatirçi tumanida 2-sinf öquvçisi piyodalar ötiş joyidan yölni kesib ötayotganida uni juda katta tezlikda harakatlangan maşina turtib ötib ketadi.