Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chavusho‘g‘li Rossiya elchisining o‘ldirilishi tufayli Ukrainaga tashrifini bekor qildi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho‘g‘li Ukrainaga 20-21 dekabr kunlariga rejalashtirilgan tashrifini bekor qildi. Bu holat Anqarada rossiyalik elchi Andrey Karlovning o‘ldirilganligini bilan bog‘liq, deb xabar bergan RIA Novosti’ga turk tashqi siyosat mahkamasi vakili.
Karlovga qurollangan hujum dushanba kuni ko‘rgazmada ochilishida yuz berdi. Tadbir davomida jinoyatchi bir necha bor elchining orqasidan o‘q uzgan. Rossiyalik olingan jarohatlar sabab jon taslim qildi. Guvohlarning ma'lum qilishicha, qotil ko‘rgazma o‘tayotgan binoga kostyum kiygan va bo‘yinbog‘ taqqan holda kirib kelgan hamda elchining tansoqchisi deb qabul qilingan. Hujum qilgan erkak politsiya tadbiri natijasida yo‘q qilindi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi hodisani terakt deb baholagan.
Chavusho‘g‘li Ukrainaga 20-21 dekabr kunlari yuqori darajadagi turk-ukrain o‘zaro hamkorlik Kengashi yig‘ilishiga tayyorgarlik maqsadida kelishi rejalashtirilgandi.
"Anqarada yuz bergan fojiali hodisa tufayli bizning vazir Ukrainaga rejalashtirgan tashrifini bekor qildi. Uning qachon bo‘lishi hozircha noma'lum", - degan agentlik suhbatdoshi.
Mavzuga oid
16:15
Mersga Kremldan "hujum": AQShning Ukraina bo‘yicha roli atrofida bahs kuchaymoqda
13:54
Ukrainada tinchlik – AQSh milliy xavfsizlik strategiyasining ustuvor yo‘nalishi
13:16
OAV: Vengriya Ukrainani moliyalash bo‘yicha YeIning “B rejasi”ni to‘smoqda
12:32