Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karlovning qotili muqaddam Rossiyaning Anqaradagi elchixonasini qo‘riqlagandi
Rossiyaning Turkiyadagi elchisini Anqarada otib tashlagan turkiyalik politsiyachi Mavlud Mart Oltintosh o‘z vaqtida Anqaradagi Rossiya elchixonasini qo‘riqlagan. U o‘tgan haftada Rossiya elchixonasi oldida Halabdagi vaziyat tufayli ruslarga qarshi o‘tkazilgan miting vaqtida elchixonani qo‘riqlagan qo‘riqchilar orasida bo‘lgan. Bu haqda NTV telekanali huquq-tartibot organlaridagi manbasiga asoslangan holda xabar bergan.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, qotil 11 marta o‘q uzgan, bu o‘qlardan 8tasi diplomat badaniga kirgan. Karlovdan tashqari fotoko‘rgazmada bo‘lgan 3 kishi jarohatlangan.
Hurriyet gazetasining yozishicha, qotillik sodir etilgan kuni Oltintosh dam olishga chiqqan va mehmonxonada xona olib, hujum rejasini tuzgan. U Zamonaviy san'atlar markazidan uzoq bo‘lmagan joydagi mehmonxonada bo‘lgan.
Karlovga hujum ushbu markazdagi ko‘rgazma ochilishi vaqtida ro‘y berdi. Ko‘rgazma binosiga politsiyachi guvohnomasi bilan kirgan jinoyatchi qurboni ortida turgan va elchi o‘z so‘zini tugatishini kutib turib, o‘q uzishni boshlagan.
Mavzuga oid
20:30 / 25.12.2016
O‘zbekistondagi o‘zgarishlar, Anqara suiqasdi, Atambayevning tashrifi, Sochi fojiasi va boshqa asosiy voqealar
19:38 / 22.12.2016
Karlovning qotili suiqasddan oldin sartaroshga borgan va 44 dollarga yangi kostyum sotib olgan
16:08 / 22.12.2016
Gulen Rossiya elchisi o‘limiga aloqadorligini inkor etdi
15:45 / 22.12.2016